Sakki: "Bergamoda har yili qandaydir mo‘’jiza yaratiladi"
Italiya chempionatida o‘n uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda va “Atalanta” mehmonda “Parma”ni 3:1 hisobida yengib, chempionat turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
"Milan" va Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakki "Atalanta"ning o‘yinidan juda ta’sirlandi.
"Bergamoda har yili qandaydir mo‘’jiza yaratiladi. Ammo, bu muntazam ravishda sodir bo‘layotganiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu endi mo‘’jiza emas, balki normal holatga aylandi va "Atalanta" uchun ajoyib haqiqatdir", - deya Sakkining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.