Loftus-CHik: "Chempionatda hali hech narsa hal qilingani yo‘q"
Italiya futbolida A Seriyaning o‘n uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, "Milan" "Yuventus" bilan durang o‘ynadi va endi Paulo Fonseka jamoasi umumiy jadvalda atigi yettinchi o‘rinda.
Shunga qaramay, klubning angliyalik yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHikning fikricha, «Milan» hali ham chempion bo‘la oladi.
"Chempionatda hali hech narsa hal qilingani yo‘q. Biz ishonishimiz kerak. Hamma narsa tez o‘zgarishi mumkin", - dedi ingliz futbolchisi.