Rabyo: "San-Siro"ga g‘alaba maqsadida borgan edik"
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo Millatlar ligasi guruh turnirida Italiyaga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi (3:1).
"Uzoq vaqtdan beri bunday o‘yinda hammamiz birgalikda oxirigacha kurashmaganmiz. Biz ikkita gol farqi bilan g‘alaba qozonishga intildik va bunga muvaffaq bo‘ldik. Menga ushbu o‘yinda ko‘rsatilgan o‘zaro yordam, jamoaviy ruh yoqdi. Bu o‘yinda o‘ynash bizga juda yoqdi.
Avvalo, Italiya bilan o‘tgan uchrashuvimizdan keyin o‘ch olish istagi bor edi. Biz bu yerga kelib, "San-Siro"da g‘alaba qozonmoqchi edik. Bu ajoyib oqshom. Umid qilamanki, biz bu shaxsiyatni - Fransiya jamoasining haqiqiy kuchini ko‘rsatishda davom etamiz," - deya Rabio so‘zlarini keltiradi TF1.