«PSJ» futbolchisi «Yuventus»ga o‘tishga tayyor
«PSJ»dagi o‘yin vaqti bilan bog‘liq muammolar fonida himoyachi Milan Shkrinyar Italiyaga qaytish uchun ochiq. Slovakiyalik futbolchi «Yuventus» tarkibini to‘ldirishi mumkin, bu haqda «La Gazzetta dello Sport» o‘z sahifalarida ma’lum qildi.
Ma’lumki, Shkrinyar avvalroq Italiya chempionatida «Sampdoriya» va «Inter» jamoalarida o‘ynagan. Joriy mavsumda slovak «PSJ»ning to‘rtta o‘yinida bor-yo‘g‘i 291 o‘yin daqiqa o‘tkazdi.
Ta’kidlash joizki, «Transfermart» portali mutaxassislari 29 yoshli Milan Shkrinyarni 20 million yevroga baholamoqda.