Maldinini A Seriya grandlari o‘ziniki qilmoqchi
«Monsa»ning hujumkor yarim himoyachisi Daniel Maldini A Seriyaning bir qancha klublarining nishoniga aylangan.
"La Gazette Dello Sport" xabariga ko‘ra, unga «Atalanta», «Inter», «Yuventus», «Milan» va «Fiorentina» klublari qiziqish bildirmoqda.
«Monsa» Maldinini shu yozda «Milan»dan tekinga sotib oldi, ammo «rossonerilar» futbolchining keyingi transfer pulining 50 foiz huquqini saqlab qoldi. Danielning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
«Monsa» shartnomaga Italiya klublari uchun 12 million, xorij klublari uchun 15 million tovon puli kiritgan. Ammo u faqat 2025 yil iyul oyida amal qiladi.