«Bavariya» yarim himoyachisining tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi
«Bavariya» yarim himoyachisi Joau Palinya Portugaliya terma jamoasi safida jarohat oldi. «Sky Germany» jurnalisti Kerri Xauning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, dastlabki tekshiruvdan so‘ng Palinya taxminan uch haftani o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Futbolchining qo‘shimcha mushaklari shikastlangan.
2024/2025 yilgi mavsumda Joau Palinya «Bavariya»ning 13 ta o‘yinida qatnashgan. Ularda yarim himoyachi samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.