Palinya: «Qanday boshlash emas, qanday yakunlash muhim»
Portugaliya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Joau Palinya o‘zining shiori bo‘lgan portugallarning gaplaridan birini misol qilib keltirdi.
Gap shundaki, yarim himoyachi «Fulxem»dan «Bavariya»ga o‘tganidan so‘ng o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.
«Portugaliyada bu haqda bir gap bor, bu men uchun shior. Qanday boshlanishi emas, qanday tugashi muhim. Men bor e’tiborimni ishimga, mashg‘ulotlarga qarataman. Men barchasina tayyorman», - dedi Palinya "Sport Bild" nashriga.