Fransiya va Isroil o‘rtasidagi bahs oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Fransiya va Isroil o‘rtasidagi o‘yinda chipta egasining shaxsi tekshiriladi.
Parij polisiyasi rahbari Loran Nunyes bugun Millatlar ligasi o‘yini bo‘lib o‘tadigan “Stad de Frans” stadioni tashqarisida ham, stadion ichida ham “alohida xavfsizlik tizimi” yaratishga va’da berdi.
Bundan tashqari, polisiya kuchlari Amsterdamda sodir bo‘lgan voqealardan qochish uchun muxlislarning turar joylariga "qaytish yo‘lagi"ni qo‘riqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasi doirasidagi “Ayaks” – “Makkabi” uchrashuvidan (5:0) so‘ng, shahar ko‘chalarida isroillik muxlislarga qator hujumlar uyushtirildi.
Tomoshabinlarning stadionga kirishiga kelsak, tizim chipta egasining shaxsini tekshirish bilan ikki darajali nazoratdan iborat.
Parij yaqinidagi stadion atrofida, shuningdek, jamoat transportida va butun shahar bo‘ylab jami 4000 nafar polisiya va jandarm joylashtiriladi.
Taxminan 1600 xavfsizlik xodimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Stad de Frans" stadioniga joylashtiriladi.