Makron Fransiya va Isroil o‘rtasidagi o‘yin oldidan: "Biz antisemitizmga berilmaymiz. Zo‘ravonlik hech qachon g‘alaba qozonmaydi"
Emmanuel Makron Isroilga qarshi o‘yin o‘tkazilishi bilan bog‘liq xatarlar haqida gapirdi.
Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining 5-turida Isroil terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv bugun "Stad de Frans" stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. Makron stadionda bo‘ladi.
Uchrashuv davomida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Stadion atrofida "Antiterror xavfsizlik perimetri" o‘rnatiladi.
"Biz antisemitizmga hech qachon bo‘ysunmaymiz va zo‘ravonlik, shu jumladan Fransiya Respublikasida ham qo‘rqitish hech qachon g‘alaba qozonmaydi," - dedi Fransiya prezidenti.