Isroil hukumati Fransiyaga qarshi o‘yinni boykot qilmoqchi
Isroil hukumati fuqarolarga Millatlar ligasining Fransiya bilan o‘yiniga bormaslikni tavsiya qildi.
14 noyabr kuni Parijdagi “Stad de Frans” stadionida Millatlar ligasining 5-turi doirasidagi Fransiya – Isroil o‘yini bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Retaillot Amsterdamdagi voqealar fonida o‘yinni keyinga qoldirishga qarshi chiqqandi: “Bu zo‘ravonlik va antisemitizmga yon berish bilan barobardir”. Yevropa ligasi doirasidagi “Ayaks” – “Makkabi” uchrashuvidan (5:0) so‘ng, klub muxlislariga Isroildan ketma-ket hujumlar uyushtirildi.
Hujumlar tufayli Isroil hukumati o‘z fuqarolariga kelgusi haftada sport musobaqalariga bormaslikni maslahat berdi va ayniqsa Fransiya-Isroil o‘yiniga tashrif buyurishni xohlovchi muxlislarni ogohlantirdi.