Makron Amsterdamdagi tartibsizliklardan keyin Fransiya va Isroil o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyuradi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Millatlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan Fransiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda AFP.
O‘yin 14 noyabr kuni Parijdagi "Stad de Frans" stadionida bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, Makron shu yo‘l bilan Amsterdamdagi so‘nggi tartibsizliklardan so‘ng isroilliklar bilan birdamlik namoyish etmoqchi.
7 noyabr kuni “Ayaks” Yevropa ligasi umumiy bosqichi 4-turi doirasida “Makkabi”ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng Niderlandiya poytaxtida isroillik muxlislar va falastinlik tarafdorlar ishtirokida tartibsizliklar boshlandi.