"Barselona" Ta bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishdi
"Bayer Leverkuzen" markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini Kataloniyaning "Barselona" klubida davom ettirishi mumkin.
Taniqli jurnalist Xose Alvaresning yozishicha, so‘nggi vaqtlarda "Barselona" 28 yoshli nemisning transferida sezilarli darajada oldinga siljidi, unga "Real," "Bavariya" va "Chelsi" ham da’vogarlik qilmoqda.
Bu mavsumda Ta barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi.