Jonatan Ta uchun kurashda favorit klub aniq bo‘ldi
«Diario AS» xabariga ko‘ra, «Bayer» markaziy himoyachisi Jonatan Ta «Bavariya»ga o‘tishi mumkin.
Manba xabariga ko‘ra, 28 yoshli nemisning transferi myunxenliklar uchun ustuvor hisoblanadi.
Avvalroq Taga «Inter», «Real», «Barselona», «Yuventus» va «Liverpul» da’vogarlik qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Ta 16 ta o‘yinda 1 ta gol urgan.