"Bavariya" vingeri bu golni bir yildan ortiq kutgandi
"Bavariya" vingeri Leroy Sane Germaniya terma jamoasi safida uzoq kutilgan golga mualliflik qildi.
28 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasida Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bilan uchrashuvning 58-daqiqasida jamoadoshi Jamol Musiala o‘rniga maydonga tushdi.
66-daqiqadayoq Sane gol urishga muvaffaq bo‘ldi va uning uchun bu gol Germaniya terma jamoasida bir yildan ko‘proq vaqt ichida kiritilgan birinchi gol bo‘ldi.
Myunxenlik futbolchining terma jamoa uchun oldingi goli 2023-yilning 12-sentyabr kuni Fransiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida bo‘lgandi.