«Chelsi» hujumchisi «MYU»ga qo‘yib yubormoqchi emas
«Chelsi» hujumchi Kristofer Nkunkuni «Manchester Yunayted»ga sotishni istamaydi.
Ma’lum qilinishicha, «mankunliklar» 27 yoshli fransuz nomzodidan manfaatdor.
Londonliklarning bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa tarkibini hozirgi holatida saqlab qolishni xohlaydi.
Nkunku joriy mavsumda 15 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.