Fofana "Chelsi"dagi jamoadoshini maqtadi
"Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana jamoadoshi Kristofer Nkunkuni maqtadi. Har ikki futbolchi oktyabr oyida Fransiya terma jamoasiga chaqirilgandi. To‘g‘ri, himoyachi o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi. Kristofer ikkita o‘yinda qatnashdi va hatto Isroil darvozasiga gol urdi. Fofana hujumchining gol urish qobiliyati haqida gapirdi.
"Men u yerda o‘z imkoniyatlarini oqilona boshqarganini kamdan-kam ko‘rganman. Uning ajoyib statistikasi bor", - dedi himoyachi Téléfoot bilan suhbatda.
Joriy mavsumda "Chelsi" safida to‘p surgan Nkunku 11 uchrashuvda 7 ta gol urdi.