Fransiya terma jamoasi qaydnomasida yana ikki o‘zgarish yuz berdi
Usmon Dembele va Uesli Fofana jarohati sabab noyabr oyida Fransiya terma jamoasida o‘ynamaydi.
Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati Fofana tizzasidagi muammolar tufayli terma jamoaning navbatdagi yig‘inini o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. "Chelsi" himoyachisi o‘rniga terma jamoaga Benjamin Pavar chaqirildi.
Usmon Dembele ham noyabr oyida Liga 1 ning "Anje"ga qarshi o‘yinida (4:2) olgan o‘ng son qismidagi jarohati tufayli Fransiya terma jamoasida o‘ynamaydi.
"PSJ"ning xabar berishicha, qanot hujumchisi jiddiy jarohatdan qutulib qolgan - Dembele bir necha kun davomida tiklanish jarayonlaridan o‘tadi. Usmon o‘rniga Fransiya terma jamoasiga Kingsli Koman chaqirildi.
Hozirgi xalqaro tanaffusda Fransiya Millatlar Ligasida Isroil va Italiya terma jamoalari bilan o‘ynaydi. Uchrashuvlar 14 va 17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.