Mareska: "Nkunku APLda asosiy o‘yinchiga aylanishi mumkin"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska hujumchi Kristofer Nkunku jamoaning Premyer-ligadagi asosiy o‘yinchisiga aylanishi mumkinligini aytdi.
Nkunku "Chelsi"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib, barcha musobaqalar bo‘yicha 17 ta o‘yinda 10 ta gol urdi, biroq Premyer-ligada u atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Nkunku allaqachon yanvar oyida yoki mavsum oxirida "Chelsi"dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq Mareska 26 yoshli fransiyalik futbolchining roli tezda o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
"Tashqari tarafdan menga ishonish qiyin bo‘lishi mumkin, ammo bizda ikkita jamoa bor degani emas. Bugun "Arsenal"ga qarshi o‘ynagan futbolchilar uch hafta ichida Konferensiya ligasida, Konferensiya ligasida o‘ynaganlar esa Premyer-ligada o‘ynashlari mumkin.
Joao Feliks Premyer-ligada o‘ynashi mumkin. Nkunku Premyer-ligada o‘ynashi mumkin. Ularning barchasi Premyer-ligada o‘ynashi mumkin.
Men doim bir xil narsani aytaman. Ularning bugun o‘ynagani, keyingi o‘yinda maydonga tushishini anglatmaydi. Siz o‘z o‘rningiz uchun kurashishingiz va to‘g‘ri o‘ynashingiz kerak", - dedi Mareska Stadium Astro nashriga.