Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Yamalni ogohlantirdi
Lamin Yamal jarohati tufayli Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘inini o‘tkazib yubormoqda. Iqtidorli futbolchi haqida «Qizil Furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuente fikr bildirdi.
«Yamal kelajakda futbol afsonasiga aylanishi uchun hamma narsaga ega. Hozir u 17 yoshda va biz u bilan juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz kerak. Shunisi muhimki, faqat kamtarlik va professionallik ko‘rinishidagi poydevor bilan ko‘p narsaga erishish mumkin. Talabchanlik va mas’uliyat - bu muhim,» - dedi de la Fuente jurnalistlarga.