De la Fuente Daniya terma jamoasining Yamalga qarshi qo‘pol o‘yini haqida fikr bildirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente daniyaliklarning Lamin Yamalga qarshi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yamalga qarshi qo‘pol o‘yin? Do‘stlarimdan biri aytganidek: "Ular sizni o‘pishlarini xohlaysizmi?" Bu eng yuqori darajadagi futbol. Raqib qoidalar doirasida har qanday vositadan foydalanishi mumkin", - dedi ispaniyalik mutaxassis.