De la Fuente Ispaniya g‘alabasiga munosabat bildirdi
Luis de la Fuente Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z fikrini bildirdi.
Ispaniya terma jamoasi 5 ta o‘yinda 13 ochko to‘plagan holda A divizionining 4-guruhida g‘alaba qozondi.
«Biz baxtiyormiz, chunki har bir pozisiyada to‘rtta ishonchli o‘yinchiga ega ajoyib yosh jamoamiz bor. Bu bizga xotirjamlik va quvonch bag‘ishlaydi.
Jamoa har qanday vaziyatga, hatto bugun Daniyaga qarshi bo‘lgani kabi keskin vaziyatlarda ham o‘z munosabatini bildiradi. Maqsadga intiluvchanlik tufayli g‘alaba qozondik. Jamoa g‘alaba qozonishdan to‘xtamaydi va o‘z ambisiyalarini yo‘qotmaydi», - dedi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.