Luis de la Fuente: "Yamalning jarohatiga Ispaniya terma jamoasi aybdor emas"
Luis de la Fuente Lamin Yamalning jarohati uchun terma jamoani ayblamaslikka chaqirdi.
"Barselona"ning 17 yoshli vingeri Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olib, Ispaniya terma jamoasini muddatidan avval tark etdi - unga son mushaklarining ortiqcha yuklanishi tashxisi qo‘yilgan.
"Men buni qanday bo‘lsa, shunday aytaman. Lamin o‘yin oxirida o‘zini noqulay his qildi. Seshanba kuni yuz foiz tayyor bo‘ladimi, deb so‘radim, ikkilanib qoldi. Shuni inobatga olgan holda, uning dam olishi yaxshiroqdir. Biz buni avval ham boshqa o‘yinchilar bilan qilganmiz va u ham bundan mustasno emas.
Agar kimdir Laminni himoya qilishi kerak bo‘lsa, bu qoidalarni hakamlar qo‘llaydi. Raqiblar esa unga o‘xshagan o‘yinchilarni yoki boshqa buyuk o‘yinchilarni to‘xtatish uchun qo‘llaridan kelganini qiladilar. Futbol o‘ynaganmisiz? Tepilganmisiz? Laminning tepilgani uchun meni javobgarlikka tortmoqchimisiz?
Terma jamoalar o‘yinlari har oyda bir marta o‘tkazilishini aytgandim. O‘tgan yili biz 17 ta xalqaro o‘yin o‘tkazdik, chunki bizga omad kulib boqdi - menimcha, har bir ispaniyalik futbolchi Yevro finaliga chiqqanimizdan xursand edi. Lekin bu yil 10ta o‘ynaymiz.Ikki yildan keyin 27ta o‘yin.
Keling, aylana bo‘ylab yurishni to‘xtataylik. O‘rtacha hisobda terma jamoa oyiga bitta o‘yin o‘tkazadi, keling, hamma narsani murakkablashtirishni bas qilaylik - muammo bizda emas, umid qilamanki bu aybni bizga yuklatilmaydi", - dedi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.