"Barselona" Yamalni terma jamoaga qo‘yib yubormoqchi emas
"Barselona" futbolchining jarohati tufayli Lamin Yamalni terma jamoaga qo‘yib yubormoqchi emas.
Kataloniya klubi vingeri Chempionlar ligasi doirasida "Srvena Zvezda" bilan o‘yinda (5:2) olgan jiddiy jarohati tufayli "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
COPE jurnalisti Elena Kondisning ma’lum qilishicha, "Barselona" Yamalning tibbiy ko‘rik natijalarini Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga yuboradi. Klub futbolchini Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlariga chaqirishdan bosh tortishni tavsiya qiladi. Biroq yakuniy qarorni terma jamoa qabul qiladi.