Isroil posboni: "Biz bu ochkodan mamnunmiz"
Isroil terma jamoasi darvozaboni Daniel Perets Millatlar ligasi doirasidagi Fransiya bilan durang (0:0) haqida fikr bildirdi.
"Biz bu ochkodan mamnunmiz, ayniqsa uni dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritganimiz uchun. Jamoadoshlarim nima qilish kerakligini juda yaxshi bilishardi va bugun ajralib turishga muvaffaq bo‘lganimdan xursandman, bu o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshiradi", - dedi Daniel Perets UYEFA matbuot xizmatiga.