Ispaniya terma jamoasi ustozi Yamalning jarohati haqida gapirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Barselona» vingeri Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.
«Barselona» bizga Laminning analizlari haqida tibbiy ko‘rik xulosasini yubordi va biz uning Madridga bormasligini ma’qul deb topdik. Uning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz.
Kechadan beri biz «Barselona» bilan aloqadamiz. Biz uchun futbolchilarning salomatligi eng muhimi”, - dedi de la Fuente.
Avvalroq, Yamal jarohat sabab 2-3 haftani o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.