Fati Flikning ishonchini yo‘qotdi
«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik kataloniyaliklar hujumchisi Ansu Fatiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmoqda.
Ispan OAV xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisisi 22 yoshli futbolchi zaxiradan maydonga tushgan taqdirda ham o‘yinning borishini o‘zgartirish uchun yetarlicha qobiliyatga ega emas deb hisoblamoqda.
Fati joriy mavsum 7 ta o‘yinda birorta samarali harakat amalga oshirmadi.