Turk klubi Fati bo‘yicha ispan klubi bilan kurashishi kerak
Ansu Fati qishgi transfer oynasida «Barselona»ni tark etishi kutilmoqda.
22 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Uni kecha «Fenerbaxche» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabarlar chiqqan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, turk klubi bu yo‘lda Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi bilan kurash olib boradi.
Kecha Fati mashg‘ulotlarda jarohat olib, 4 haftaga safdan chiqqan edi.