Kanselu: "Barselona"dek klubda o‘ynaganimdan faxrlanaman"
Himoyachi Joau Kanselu "Barselona"ga bo‘lgan muhabbatini tan oldi. Hozirda 30 yoshli portugaliyalik futbolchi “Al-Hilol” safida o‘ynamoqda.
"Men faxrlanaman va xursand bo‘laman, men "Barselona"da o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu men doim qo‘llab-quvvatlagan klub", - dedi Kanselu.
Joau Kanselu 2023-2024 yillarda "Barselona"da o‘ynagan va "Manchester Siti"dan ijara asosida o‘tgan.