"Manchester Yunayted" "Sporting" himoyachisi uchun kurashga kirishdi
"Sporting" himoyachisi Usmon Diomande Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi mumkin. Metro xabariga ko‘ra, futbolchiga Angliyaning uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda: "Manchester Siti", "Arsenal" va "Manchester Yunayted".
"Sporting"ning sobiq ustozi, hozirda "mankunianliklar"ni boshqarayotgan Ruben Amorim allaqachon Diomande bilan bog‘lanib, unga birgalikda ishlashni davom ettirish istagini bildirgan.
Qayd etilishicha, 20 yoshli himoyachining o‘zi ham Amorim boshchiligida rivojlanishiga ishonganligi uchun "Manchester Yunayted"ga o‘tishni xohlamoqda.