Amorimga "Man Siti"dan qiziqish bo‘lganmi?
Ruben Amorim "Manchester Siti"ning unga bo‘lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Bungacha portugaliyalik mutaxassis "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylangandi.
"Mening klubim - "Manchester Yunayted", bu men uchun aniq tanlov edi. "Yunayted" bilan shartnoma imzolash va jamoani boshqarish men xohlagan narsa edi", dedi Amorim.
Murabbiy "Manchester Yunayted"ga o‘tishdan oldin "Sporting"dagi so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazmoqda. Bugun uning jamoasi Chempionlar ligasida "Siti" bilan o‘ynaydi.