"PSJ" himoyachisi mavsum oxirida jamoani tark etadi
"PSJ"ning slovakiyalik himoyachisi Milan Shkrinyar joriy mavsum yakunida Parij klubini tark etadi. Bu haqdagi yangilik ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrisio Romano tomonidan baham ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, Shkrinyar joriy mavsumda o‘z klubida kam o‘ynay boshladi. Hammasi bo‘lib Milan Liga 1 doirasida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi va gol urmadi.
"Mashq qilish orqali vaziyatni o‘zgartirish uchun har doim imkoniyat bor. Bu futbolda bo‘ladi", - dedi "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike.
Slovakiyalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Oldin Milan yetti yil davomida Italiyada o‘ynagan va u yerda "Sampdoriya" va "Inter" klublari sharafini himoya qilgan.