Shkrinyar "PSJ"dagi holatidan norozi
"PSJ" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar ko‘proq maydonga tushishni istaydi.
Slovakiyalik futbolchi joriy mavsumda Luis Enrike jamoasining atigi ikkita uchrashuvida qatnashdi.
"PSJ"dagi holatimdan mamnun emasman, men tez-tez o‘ynashni xohlayman. Lekin men murabbiyning qarorlarini hurmat qilaman. Men qila oladigan yagona narsa - mashg‘ulotlarda qattiq ishlashda davom etish. Imkoniyat tug‘ilganda tayyor bo‘lishim kerak", - deya 29 yoshli markaziy himoyachining so‘zlarini keltirgan jurnalist Alfredo Pedulla.