Amorim "Manchester Yunayted"ga o‘tishni mavsum oxirigacha qoldirmoqchi edi
"Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim Portugaliya chempionatining 10-turi doirasidagi "Estrela" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (5:1) "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
"Mavsum boshida men prezident bilan gaplashdim va nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bu mening "Sporting"dagi so‘nggi mavsumim ekanligini aytdim. Mavsum juda yaxshi boshlandi, keyin "Manchester Yunayted" kelib, tovon pulini to‘ladi. Men prezident bilan hech qachon bahslashmaganman...
"Manchester Yunayted"dan mavsum oxirida jamoaga qo‘shila olamanmi, deb so‘radim. Bu men xohlagan narsa edi, ammo "Manchester Yunayted" rad etdi. Vaziyat "Hozir yoki hech qachon" edi, shuning uchun men qaror qabul qilishim kerak edi va men "Ha" dedim, - deb Amorim so‘zlarini keltiradi PortuGOAL.