Amorim "Manchester Siti" borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Lissabonning "Sporting" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim "Manchester Siti"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Mavsum yakunida sport direktori Ugu Viana “Manchester Siti”dagi vazifaga kirishadi va “Etihad”ni tark etayotgan Chiki Begiristayn ishini davom ettiradi.
Shu sababli, Viana Amorimni o‘ziga taklif qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi, chunki "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Bir paytlar aynan Viana Amorimni “Sporting”ga taklif qilgan, ammo Ruben kelajagi haqida qaror qabul qilishda hamkasbiga tayanmoqchi emas.
"Ugu Viana va mening yo‘llarimiz boshqacha va alohida. Uning tayinlanishi "Manchester Siti"ga ketayotganimni anglatmaydi. Bizda professional munosabatlar juda yaxshi", - dedi Amorim Sky Sports bilan suhbatda.