Kroos: "Ispaniya chempionlikka loyiq edi"
Madridning “Real” klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Yevropa chempionati-2024 1/4 finalida ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelyaning qo‘liga to‘p tekkan vaziyatga izoh berdi.
"Ushbu epizodda penalti tepilishi kerak edi. Bu qo‘lga tekkan to‘p edi. Germaniya bu o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin edi. Ispaniya chempionlikka loyiq edimi? Albatta. Hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi", dedi Kroos.