Toni Kroos: «Oltin to‘p»ni shu uch nafar futbolchidan biri olishi kerak»
«Real» va Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos «Oltin to‘p» haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Tartib muhim emas: Vinisius, Bellingem, Karvaxal. Ovoz berishimga to‘g‘ri kelganda, shu uch o‘yinchidan birini tanlar edim. Men mukofotni braziliyalik Vinisiusga, angliyalik Bellingemga yoki Yevropa chempioni ispaniyalik Karvaxalga bergan bo‘lardim. Hatto o‘zimga ham berishim mumkin edi (kuladi). Eng muhimi, u «Real» o‘yinchisi bo‘lishi kerak, chunki biz Yevropaning eng muvaffaqiyatli jamoasi edik», - deb aytdi Kroos «Einfach mal Luppen» podkastida.