Ronaldu - Portugaliya terma jamoasi bilan Polshaga qarshi o‘yin oldidan: "G‘alaba qozonishga intilamiz!"
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi haqida qisqacha ma’lumot berdi.
39 yoshli hujumchi Millatlar ligasida Polsha va Xorvatiya bilan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoaning mashg‘ulotlaridan bir nechta fotosuratlarni joylashtirdi.
"G‘alaba qozonishga intilamiz!" - deb yozdi Ronaldu.
Portugaliya - Polsha uchrashuvi 15 noyabr kuni tunda Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. Portugaliyaliklar 18 noyabr kuni Xorvatiya bilan uchrashadi.