Millatlar Ligasi. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya Polsha ustidan g‘alaba qozondi
UYEFA Millatlar Ligasi “A” ligasi 1-guruhidan o‘rin olgan 3-tur uchrashuvida Polsha va Portugaliya terma jamoalari to‘qnash keldi.
Uchrashuvni niderlandiyalik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Ushbu bahsda portugaliyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
26-daqiqada Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva hisobni ochdi. 37-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobidagi farqni oshirdi,. Uning goliga Rafael Leao assistentlik qildi. 88-daqiqada Polsha futbolchilari o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Mezbonlar uch golga 72-daqiqadagi Zelinskining goli bilan javob berdi.
Shu tariqa Ronaldu o‘z hisobidagi gollari sonini 906 taga yetkazib oldi.
Millatlar Ligasi, 3-tur
12 oktyabr, yakshanba
Polsha — Portugaliya 1:3
Gollar: 0:1 — Silva (26), 0:2 — Ronaldu (37), 1:2 — Zelinski (78), 1:3 — Bednarek (88, avtogol).
Polsha: Skorupski, Davidovich, Bednarek, Valyukevich (Kiver, 46), Zalevski (Amiyou, 76), Zelinski, OYEdele (Moder, 66), Shimanski (Piontek, 84), Frankovski, Sviderski (Urbanski, 76), Levandovski.
Portugaliya: Koshta, Mendesh, Diash, Dalot, Veyga, Silva (Samu Koshta, 90+1), Ruben Nevesh, Leau (Trinkau, 64), Fernandesh (Otavio, 90+1), Netu (Semedu, 82), Ronaldu (Jota, 63).
Ogohlantirishlar: Netu (32), Valyukevich (45+1), Frankovski (51), Skorupski (88), Piontek (88).