"Arsenal" Venger davridan buyon bunday ko‘rsatkich qayd etmagandi
Londonning "Arsenal" klubi Chempionlar ligasi doirasida "Shaxtyor" ustidan g‘alaba qozondi (1:0).
"Kanonirlar" o‘z maydonida kechgan bahsda mehmonlar darvozaboni Dmitriy Riznikning avtogol evaziga g‘alaba qozonishdi. Umumiy bosqichning uchta raundidan so‘ng, Mikel Arteta jamoasi yetti ochko to‘pladi va birorta gol o‘tkazib yubormadi, uch marta gol urdi. Squawka xabariga ko‘ra, "Arsenal" 2007 yilning noyabr oyidan beri, jamoani Arsen Venger boshqargan paytdan beri birinchi marta ketma-ket uchta Chempionlar ligasi o‘yinida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda, guruh/umumiy bosqichning so‘nggi olti uchrashuvida londonliklar bor-yo‘g‘i bir marta gol o‘tkazib yuborishdi.
"Arsenal"ning Yevrokubokdagi navbatdagi raqibi "Inter" bo‘ladi. O‘yin 6 noyabr kuni Italiyada bo‘lib o‘tadi.