Arteta "Arsenal"ning yomon o‘yini haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning so‘nggi uchrashuvlardagi o‘yiniga munosabat bildirdi.
"Kanonirlar" juda ko‘p ochko yo‘qotishdi. Ammo londonliklar o‘zlarini reabilitasiya qilish niyatida.
"So‘nggi o‘yinlarda ko‘p ochko yo‘qotdik. Lekin biz g‘alaba qozonish niyatidamiz. Mendan ko‘ra hech kim ko‘proq g‘alaba qozonishni xohlamaydi", dedi Arteta klub saytiga.
"Arsenal" so‘nggi olti o‘yinda ikkita g‘alaba qozongan. Jamoa hozirda Premyer-ligada beshinchi o‘rinda bormoqda.