Arteta: "So‘nggi sakkiz hafta dahshatli tush bo‘ldi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Chelsi"ga qarshi APLning 11-tur uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida futbolchilarining salomatligi uchun duo qilishini aytdi. Uchrashuv durang (1:1) bilan yakunlandi.
"Bizda o‘ynashga to‘liq tayyor jamoa bo‘lishini so‘rayman. Ular sog‘lom va yaxshi holatda bo‘lishlari uchun, chunki so‘nggi sakkiz hafta dahshatli tush bo‘ldi", - deya Arteta so‘zlarini keltiradi ESPN.com