"MYU" endi Pogba uchun begona
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba Mayamida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Avvalroq, 31 yoshli yarim himoyachi yangi klub izlash jarayonida «Manchester Yunayted»ning Karringtondagi bazasida mashg‘ulot o‘tkazishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, Pogba MLS, Yaqin Sharq va Yevropadagi variantlarni ko‘rib chiqmoqda.