Neymar Braziliya klubi bilan kelishuvga erishdi
Neymar "Santos"ga qaytishga yaqin turibdi.
Jurnalist Sezar Luis Merloning xabar berishicha, forvard professional faoliyatidagi ilk jamoasiga qaytishga tayyor. Tomonlar allaqachon kelishib olishgan.
Hozirda Neymar "Al-Hilol" bilan shartnomani bekor qilish ustida ish olib borilmoqda. Ular Braziliyadagi ikkinchi liga yakunlanganidan keyin qaytishlarini e’lon qilmoqchi. Turnirda g‘alaba qozongan "Santos" so‘nggi o‘yinini 25 noyabr kuni o‘tkazadi.
Bir yildan ko‘proq vaqt ichida Neymar Saudiya Arabistoni chempionatida atigi uchta o‘yin o‘tkazdi.