Neymar kelajagi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
So‘nggi paytlarda Neymarning kelajagi haqidagi ma’lumotlar bir necha bor matbuotda paydo bo‘ldi. Ular «Al-Hilol» braziliyalik bilan shartnomani bekor qilishi, keyin esa vatani «Santos»ga qaytishi mumkinligini yozishgan. Neymarning so‘nggi so‘zlari bu xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligiga ishora qilmoqda.
«Bu mamlakatda meni juda yaxshi kutib olishdi. Men juda xursandman va bundan keyin hammasi yaxshilanishiga ishonaman. Ishonchim komilki, bu yerga boshqa yulduzlar ham kelishadi. O‘ylaymanki, ko‘pchilik bu yerga kelib, men kabi narsalarni boshdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘ladi», - deya Neymar so‘zlarini keltirmoqda "Goal".