Neymarning agenti futbolchining kelajagi haqidagi savolga aniq javob berdi
Neymarning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Pini Zaxavi o‘z mijozining kelajagi haqida gapirdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, braziliyalik hujumchi "Al-Hilol"ni tez orada tark etgan. Shuningdek, 32 yoshli futbolchi vataniga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
"Neymarning "Al-Hilol"dan ketishi haqida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.
Uning shartnomasi bor, u o‘z klubida baxtiyor. Men va Neymarning otasi uning kelajagi haqida gapira oladigan yagona odamlarmiz.
So‘nggi mish-mishlar qayerdan paydo bo‘lganini bilmayman," - deydi Zaxavi.
Neymarning "Al-Hilol" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga mo‘ljallangan, ammo yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini nazarda tutadi.