"Palmeyras" rahbari Neymarni jamoaga qaytarishni xohlamaydi
"Palmeyras" rahbari Leyla Pereyra Neymarning transferi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, "Al-Hilol" jarohati borligi sababli braziliyalik yulduz bilan xayrlashmoqchi.
32 yoshli futbolchiga da’vogarlar orasida "Palmeyras" ham bor. Neymar "Palmeyras"ga o‘tmaydi.
Bizning klub tibbiyot bo‘limi emas. Menga jamoaga tezda qo‘shilib keta oladigan va agar murabbiy xohlasa, ertaga o‘ynay oladigan odam kerak.
Men maydonga tusha olmaydigan futbolchining transferiga rozi bo‘lmayman", - dedi Pereyra.