"Yuventus" Vlaxovichni qanday sharoitda sotishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Serbiyalikning shartnomasi 2026 yil o‘rtalariga mo‘ljallangan. Turin klubi shartnomani uzaytirishmoqchi, lekin maoshni qisqartirish sharti bilan. Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, agent Vlaxovichning dekabr oyida "Yuventus" rahbariyati bilan uchrashuvi rejalashtirilgan - tomonlar yangi shartnoma shartlarini muhokama qiladilar. Agar murosaga kelishning iloji bo‘lmasa, "qari senyora" yulduz hujumchini kelasi yozda sotib yuborishi mumkin.
Dushan Vlaxovich Tiago Mottaning jamoasi safida joriy mavsumdagi 16 o‘yinda to‘qqizta gol va bitta natijaviy pas qayd etdi.