Palinya qaysi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi
Joao Palinya Portugaliya terma jamoasi safida jarohat oldi.
29 yoshli yarim himoyachi mushak jarohati tufayli Millatlar ligasida Polsha va Xorvatiya terma jamoalari bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. U "Bavariya"ga qaytadi.
Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi taxminan uch haftaga safdan chiqqan. U "PSJ" (Chempionlar ligasida), Dortmundning "Borussiya" (Bundesligada) va "Bayer" (Germaniya kubogida) bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.