Neymar noyabrda Braziliya termasiga bormaydi
"Al-Hilol" vingeri Neymar Braziliya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Neymar terma jamoa murabbiylari bilan birgalikda xalqaro tanaffus vaqtida formaga kirishish uchun bo‘lajak o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar jarohati tufayli bir yil maydonga tushmadi, ammo 21 oktyabr kuni maydonga qaytdi.