Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Neymarni nega chaqirmaganiga izoh berdi
"Al-Hilol" hujumchisi Neymar noyabr oyidagi o‘yinlarda Braziliya terma jamoasida o‘ynamaydi. Yulduz futbolchi yaqinda o‘tgan yildan beri maydonga tusha olmagan jarohatidan tuzalib ketdi.
"Tasdiqlashim mumkinki, Neymar bizga qo‘shilishga tayyor edi, ammo jarohatidan keyin u bir necha daqiqa o‘ynadi. Biz klub qarorini hurmat qilamiz. Biz uni formaga kirgach, keyingi yig‘inga taklif qilishga tayyormiz", - deydi Dorival Junior.
15 noyabr kuni "pentakampeonlar" Venesuela terma jamoasi bilan mehmonda o‘ynasa, 20 noyabr kuni o‘z maydonida Urugvayni qabul qiladi.